Besh hududda yuzga yaqin bemorlar aniqlandi

3-sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 42 635 (+95) nafarni tashkil etmoqda,  deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Yangi kasallanish holatlarining 66 nafari Toshkent shahrida, 10 nafari Toshkent viloyatida, 8 nafari Samarqand viloyatida, 6 nafari Namangan viloyatida, 5 nafari Qashqadaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Sergeli tumanida yashagan 77 yoshli A.M. (ayol) hamda O‘rtachirchiq tumanida yashagan 58 yoshli D.D. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Реклама на Unews

Ayni paytda yurtimizda 39 883 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 421 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 365 nafari og‘ir, 176 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring