Benzin narxi ko‘tarildi — Birja

O‘tgan haftada «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» savdolariga 28 579,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 21 097,9 tonnasi, ya’ni 73,8% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 57 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinining boshlang‘ich narxi ko‘tarilganligi sababli uning o‘rtacha kunlik narxi ham mahsulotning bir tonnasi uchun 6 715,0 ming so‘mdan 6 860,3 ming so‘mgacha, ya’ni 2,2% ga ko‘tarilganini ta’kidlash lozim.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6 830,9 ming so‘mni, AI-91 – 7 873,3 ming so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring