Bekzod Abdurahmonov muddatidan avval g‘alaba qozondi

Erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini boshladi. Dastlabki davrada kurashchimiz Puerto-Riko vakili Franklin Gomes bilan raqiblik qildi.

Hamyurtimizning ustunligida o‘tgan bellashuv yakunda kurashchimizning muddatidan avvalgi g‘alabasi bilan xotima topdi.

Endi Abdurahmonov chorak finalda rossiyalik Zaurbek Sidakovga qarshi gilamga chiqadi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring