Bekobodda mashina oynasidan salkam 751 g gashish uloqtirildi va...

Respublikamiz bojxonachilari narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga doir navbatdagi qonunbuzarlik holatini fosh qilishdi,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda Bekobod tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.S. boshqaruvidagi VAZ-2106 rusumli avtoulov kuzatuvga olinadi.

Kuzatuv davomida mazkur avtotransport vositasi to‘xtaydi va mashinaning old o‘rindig‘ida o‘tirgan fuqaro K.R. mashinadan tushib, yo‘l chetida yotgan qora rangdagi polietillen o‘ramni oladi hamda mashinada harakatlanishda davom etadi.

Реклама на Unews

Shundan so‘ng bojxona xodimlari tomonidan kuzatuvga olinganini sezib qolgan ushbu shaxs zudlik bilan qo‘lidagi o‘ramni mashina oynasidan tashqariga uloqtiradi.

Tezkor tadbir davomida ushbu shaxs qo‘lga olindi va uloqtirilgan o‘ram voqea joyidan topiladi. 

Mazkur o‘ram xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida esa undagi modda ekspertlarning xulosasiga binoan, sof vazni 750,95 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasi ekanligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Реклама на Unews

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring