Behzod Musayev Bosh vazir o‘rinbosari bo‘lishi kutilyapti

Davlat soliq qo‘mitasining raisi Behzod Musayev O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovga o‘rinbosar etib tayinlanishi mumkin. Bu haqda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berildi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Qayd etilishicha, partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga shu paytgacha Davlat Soliq qo‘mitasining raisi lavozimida faoliyat olib borgan Behzod Anvarovich Musayev nomzodini ma’qulladi.

Ma’lumot uchun, Behzod Musayev DSQ raisi lavozimiga 2018 yilning dekabr oyida tayinlangandi. Rais etib tayinlangunga qadar Musayev birinchi o‘rinbosar vazifasini bajargan.

Реклама на Unews

Yomg‘ir va momoqaldiroq ertaga ham davom etishi mumkin. Ammo hamma joyda emas

O’zbekistonda koronavirus bilan kasallangan og‘ir bemorlar soni oshdi

Sirdaryoda suv sathi ko‘tarildi

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring