«Barselona»ni vaqtincha boshqaradigan murabbiy nomi aytildi

Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, Ronald Kuman o‘rniga jamoada bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib Serxi Barxuan tayinlangan. Ispaniyalik 49 yoshli mutaxassis bungacha «Barselona B» jamoasini boshqarayotgan edi.

Klub yangi bosh murabbiyi nomini e’lon qilgunga qadar, Barxuan «Barselona»da ushbu lavozimda faoliyat yuritadi.

Avvalroq, «Barselona» klubi Qatarning «As-Sadd» jamoasi bosh murabbiyi Xavi bilan kelishuvga erishgani, kataloniyaliklar sobiq futbolchisi noyabr oyidagi FIFA kunlaridan so‘ng «Barsa» bosh murabbiyi sifatida tanishtirilishi haqida xabar qilingan edi.

Реклама на Unews

Serxi Barxuan 1993-2002 yillar davomida «Barselona» sharafini himoya qilgan. Kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisi bungacha «Rekreativo», «Almeriya», «Malyorka» va Xitoyning «Chjeszyan Grintaun» klubini boshqargan.

Ma’lumot uchun, «Barselona» 30 oktyabr kuni La Liga doirasida «Alaves»ni qabul qilsa, 2 noyabr kuni YECHL 4-turi doirasida Kiyevda «Dinamo»ga qarshi o‘ynaydi. Barxuan ushbu bahslarda jamoani boshqaradi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring