«Barselona» «Manchester Yunayted»ning 150 million evrolik taklifini rad etdi

«Barselona» klubi jamoaning 18 yoshli hujumchisi Ansu Fati uchun taklif qilingan 150 million evrolik transfer taklifini rad etdi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, «Manchester Yunayted» klubi «Barsa»ning yosh forvardi uchun 2020 yilda 150 million evro taklif qilgan. Biroq Kataloniya klubi 18 yoshli futbolchi transferi uchun juda katta mablag` taklif qilinganiga qaramay, kelishuvni rad etgan. Klub Lionel Messi bilan shartnomani uzaytira olmagani sababli, yozda ikki hujumchisi bilan ham xayrlashishni istamay, Fati masalasida bo`lgan takliflarni ko`rib chiqmasligini ma`lum qilgan.

Ma`lumot uchun, Ansu 2020/21 yilgi mavsumda Kataloniya klubi safida 10 o`yinda 5ta gol, 4ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali ispaniyalik hujumchini 80 million evroga baholagan. Futbolchi hozirda jarohatidan tiklanish bilan band.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring