Bandlik vazirligi jamg`armasiga noto`g`ri va ortiqcha sarflangan salkam 407 mln so`m mablag` qaytarildi

AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati rahbari Mavjuda Mirzaeva vazirlikning moliyaviy nazorat bo`limi tomonidan joriy yil o`tgan davridagi faoliyati tahlili yuzasidan ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, hozirda ishsiz va band bo`lmagan murojaat qiluvchi fuqarolarning barmoq izlari hamda yuzni tanish tizimini joriy etish orqali ajratilayotgan mablag`lar haqiqatda ishsiz va band bo`lmagan fuqarolarga etib borayotganligi test rejimida ishga tushirilgan.

O`zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan aholi bandligini ta`minlash, ularning daromadlarini oshirish, kambag`allikni qisqartirishda, ayniqsa “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar va ayollarning bandligini ta`minlash uchun vazirlik huzuridagi jamoat ishlari va bandlikka ko`maklashish davlat jamg`armalaridan ajratilgan moliyaviy resurslardan maqsadli va qonuniy foydalanishi bo`yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Реклама на Unews

2020 yil davomida o`tkazilgan o`rganishlar natijasida jami 9 701 ta qonun buzilishi holatlari xususan, jamoat ishlari bo`yicha 5329 ta, ishsizlik nafaqasi bo`yicha 301 ta, kasbga o`qitish bo`yicha 1112 ta, subsidiya mablag`lari bo`yicha 2959 ta holatda xato va kamchiliklar aniqlanib, bular Qoraqalpog`iston Respublikasida 35 ta, Andijon viloyatida 6 141 ta, Jizzax viloyatida 31 ta, Namangan viloyatida 89 ta, Samarqand viloyatida 2 245 ta, Surxondaryo viloyatida 768 ta, Farg`ona viloyatida 382 ta, Toshkent viloyatida 10 ta qonun buzilishi holatlarini tashkil etadi.

Joriy yilning o`tgan 10 oyi davomida o`tkazilgan o`rganishlar natijasida jami 983 ta qonun buzilishi holatlari, jumladan, Qoraqalpog`iston Respublikasida 31 ta, Samarqand viloyatida 357 ta, Qashqadaryo viloyatida 146 ta, Sirdaryo viloyatida 124 ta, Jizzax viloyatida 

82 ta, Farg`ona viloyatida 62 ta, Navoiy viloyatida 55 ta, Andijon viloyatida 54 ta, Xorazm viloyatida 25 ta, Namangan viloyatida 19 ta, Buxoro viloyatida 16 ta, Surxondaryo viloyatida 8 ta, Toshkent shahrida 4 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi. Xususan, jamoat ishlari bo`yicha 456, ishsizlik nafaqasi bo`yicha 371 ta, kasbga o`qitish bo`yicha 89 ta, subsidiya mablag`lari bo`yicha 67 ta holatlarda xato va kamchiliklar aniqlandi.

Реклама на Unews

“Moliyaviy nazorat” bo`limi tomonidan o`tkazilayotgan o`rganishlar davomida aniqlangan noto`g`ri va ortiqcha to`langan mablag`larning 406 mln. 686 ming so`mi vazirlik jamg`armalariga aybdor shaxslardan qaytarildi. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring