Bahodir Jalolovning jangiga oz vaqt qoldi

Professional boksning og‘ir vazn toifasida janglarini o‘tkazayotgan Bahodir Jalolov (11-0, 11 KO) o‘zining navbatdagi jangini kelgusi haftada amerikalik Kyortis Harperga (14-8, 9 KO) qarshi o‘tkazadi.

Jang 26 noyabr kuni AQShda MarvNation kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu boks oqshomining asosiy jangi birinchi yarimo‘rta vazn toifasida vakant turgan WBC chempionlik kamari uchun Rejis Progreys va Xose Sepeda o‘rtasida kechadi.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov shu kungacha professional boksda 11 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etgan. Harper esa 22 ta jang o‘tkazgan: 14 g‘alaba (9 tasi nokaut), 8 mag‘lubiyat (3 tasi nokaut).

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring