Bahodir Jalolov haqida film suratga olinadi

Tokio-2020 Olimpiadasi g`olibi, o`zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov haqida  “Engilmas. Tokioga yo`l” filmi suratga olinadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, filmda Jalolovning Rio-2016 Olimpiadasidagi muvaffaqiyatsizligidan so`ng, bosib o`tgan zahmatli yo`li, qisqa vaqt ichida bir qancha yirik turnirlardagi g`alabalari namoyish etiladi.

Suratga olish jarayonlariga 300 ga yaqin mahalliy va xorijiy aktyorlar jalb etilishi kutilmoqda, jumladan, Otabek Musaev, Yoqub Ahmedov, Begzod Muhammadkarimov, Saida Rametova kabi taniqli aktyorlar turli qahramonlarni gavdalantiradi. Tasvirga olish ishlari Toshkent, Surxondaryo, Tokio, Nyu-Yorkda olib boriladi.

Ma`lumot o`rnida, Bahodir Jalolov 1994 yilda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tug`ilgan. Jalolov Olimpiada o`yinlaridan tashqari Osiyo hamda Jahon chempionatlarining ham oltin medalini qo`lga kiritgan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring