Bahodir Jalolov hamda Oksana Chusavitina nomidagi boks va gimnastika maktablari qachon, qaerda ochiladi?

Ma`lumotlarga ko`ra, 1996-2020 yillarda o`tkazilgan Olimpiya o`yinlarida boks bo`yicha 61 nafar sportchimiz qatnashib 15 ta medalga ega bo`lgan. Sport gimnastikasi bo`yicha 11 nafar sportchi qatnashib, 1 ta medal qo`lga kiritilgan. Tabiiyki, bu yutuqlar salmog`ini sezilarli darajada oshirish imkoni mavjud. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoev ayni shu imkoniyatlarni yuzaga chiqarish uchun “Boks bo`yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida” va “Gimnastika bo`yicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarorlarni imzoladi. Ushbu hujjatlar bilan tashkil etilayotgan ixtisoslashgan maktablar oldiga yurtimiz sportchilari orasidan xalqaro darajadagi bokschi va gimnastikachilarni tayyorlash vazifasi qo`yilmoqda.

“Bu ikki sportchining elkasiga mas`uliyatdir”

Shahrullo Mahmudov, Sportni rivojlantirish vaziri o`rinbosari:  

Реклама на Unews

— Qarorning maqsad va vazifalari shundan iboratki, O`zbekiston sportining afsonalari Oksana Chusovitina va Bahodir Jalolovlar erishgan natijalarni, ularning bor bilimlarini, tajribalarini yoshlarga singdirishdir. Katta sportda yuqori natijaga erishgan sportchilarimiz, albatta, o`zining ortidan minglab yoshlarimizni etaklaydilar. Chunki ularga havas qiladigan ota-onalar, yoshlar bir qancha. Bu ikki sportchi nomiga maktab ochilishining o`zi bir katta mas`uliyat. Chunki bu ikki sportchining elkasiga ham o`zlariga o`xshagan sportchilarni davlatimizga tarbiyalab berishdek mas`uliyat yuklatiladi.

 

“Bu juda katta iftixor va...”

Реклама на Unews

Bahodir Jalolov

— Prezidentimiz bilan uchrashganimizda, Xudo xohlasa, Bahodir Jalolov boks maktabini ochishimiz kerak, deganlarida bu ishonchdan  judayam faxrlanganman. Bu juda katta iftixor, deb bemalol ayta olaman. Bu mas`uliyat menga yuklatilgan ekan, qo`limdan kelganicha harakat qilaman. O`zimdagi tajribamni yoshlarga berishga, bor imkoniyatlarimni ular uchun ishga solishga harakat qilaman. Yurtboshimizning bizga qilgan e`tiborlarini mana shu maktabdan ko`plab jahon va olimpiada chempion­larini chiqarib oqlash niyatidaman.

Maktabga O`zbekistondagi barcha kuchli murabbiylarni, xalqi, vatani uchun xizmat qiladigan yaxshi sportchilarni tanlab olishni rejalashtirganman. Yoshlar bilan o`zim birgalikda mashg`ulot olib borish va o`zimda bor narsani ularga berish uchun harakat qilaman. Chempion do`stlarim bilan birgalikda o`zimizdagi bor narsani berishga harakat qilamiz.

 

MA`LUMOT UChUN:  Ayni vaqtda mamlakatimizdagi 262 ta sport maktabida 1289 nafar murabbiy ¿ºl ostida 31 259 nafar yoshlar boks bilan. 55 ta sport maktablarida 195 nafar murabbiyligida 4453 nafar yoshlar sport gimnastikasi bilan muntazam shu¢ullanib kelmoqda.

 

“Maktabning ochilishi sportchi uchun eng katta sovg`a”

Oksana ChUSOVITINA:

 — Avvalo, Prezidentimizga rahmat aytmoqchiman. Barcha sharoitlarga ega ixtisoslashtirilgan maktabning ochilishi sportchining qilgan mehnatlari uchun eng katta sovg`a. Mening asosiy vazifam imkon qadar yoshlarni ushbu sportga qamrab olishdir. Yaxshi seleksiya ishlarini yo`lga qo`yishdan iborat. Ular mashg`ulotlar va ta`lim jarayonlarini parallel ravishda olib borishadi.  

Har bir sportchiga individual yondashish zarur. Buning uchun murabbiy uning iqtidorini namoyish qilishi uchun ishlashi kerak.

Xorijdan tajribali murabbiylarni jalb qilishni rejalashtirganmiz. Biz aynan birgalikdagi harakatlar orqali yaxshi natijalarga erishamiz.

 

BU MAKTABLAR QAChON ISh BOShLAYDI?

Mas`ullarning ma`lum qilishicha, ushbu boks va gimnastika maktablari o`z faoliyatini 2022-2023 o`quv yilidan boshlaydi. Boks maktabiga har yili 25 nafar iqtidorli o`quvchi 7 yil muddatga qabul qilinadi (5-11 sinf). Jami o`quvchilar soni 175 nafarni tashkil etadi.

Gimnastika maktabiga har yili 15 nafar iqtidorli o`quvchi 11 yil muddatga o`qish uchun qabul qilinadi (1-11 sinf). Jami o`quvchilar soni 165 nafarni tashkil qiladi.

Mas`ullarning ma`lum qilishicha, ushbu boks va gimnastika maktablari o`z faoliyatini 2022-2023 o`quv yilidan boshlaydi. Boks maktabiga har yili 25 nafar iqtidorli o`quvchi 7 yil muddatga qabul qilinadi (5-11 sinf). Jami o`quvchilar soni 175 nafarni tashkil etadi.

Gimnastika maktabiga har yili 15 nafar iqtidorli o`quvchi 11 yil muddatga o`qish uchun qabul qilinadi (1-11 sinf). Jami o`quvchilar soni 165 nafarni tashkil qiladi.

Qarorda belgilanganidek, boks maktabi poytaxtimizning Yunusobod tumani 9-mavzedagi 259-umumta`lim maktabi hududida joylashadi.  

Gimnastika maktabi esa Mirobod tumani Sarako`l ko`chasidagi 175-umumta`lim maktabiga tutash hududda tashkil etiladi va maktabni qurish hamda jihozlash uchun 25 mlrd. so`m yo`naltiriladi.

Hozir mamlakatimizda umumta`lim maktablari, o`rta maxsus va oliygohlar sport zallarida pullik xizmat asosida 16 ta boks klublari ishlab turibdi. Quvonarlisi, yangi tashkil etilayotgan boks va gimnas­tika maktablari o`quvchilarining ota-onalaridan ovqatlanish va boshqa xarajatlar talab etilmaydi.  Ya`ni o`quvchilarning turar-joy, kuniga to`rt mahal ovqatlanish, sport anjomlari, formasi, asbob-uskunalar va inventarlar bilan bog`liq barcha xarajatlar to`liq davlat byudjeti mablag`lari hisobidan qoplab beriladi. Shu maqsadlar uchun jami 9,9 mlrd. so`m yo`naltirilmoqda. Umid qilamizki, yangi ochilgan maktablardan, yangi Oksana Chusovitina va yangi Bahodir Jalolovlar etishib chiqadi.

Bahodir Jalolov, boks saboqlarini Chirchiq Olimpiya zaxiralari kollejida taniqli murabbiy To`lqin Qilichevdan o`rgangan. 2013 yil +91 kg. vazn toifasida kattalar o`rtasida mamlakat birinchiligida g`alaba qozondi va shu yildan e`tiboran O`zbekiston terma jamoasi a`zosi hisob­lanadi. 2019 yil Bahodir Jalolov barcha raqiblarini mag`lubiyatga uchratib, ilk bor jahon chempionligini qo`lga kiritish barobarida musobaqaning eng yaxshi bokschisi unvoniga erishdi.  

Aynan shu yili Bahodir Jalolov Prezidentimiz tomonidan “O`zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. 2021 yil bo`lib o`tgan Tokio-2020 Olimpiya o`yinlarida oltin medalni qo`lga kiritib, chempion maqomiga erishgan sportchimiz “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

Oksana Chusovitina jahonda sport gimnastikasi bo`yicha Olimpiya o`yinlarida eng ko`p ishtirok etgan sportchi (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016, 2020). 1992 yil Barselonada o`tgan Olimpiya o`yinlari oltin medali sohibi, 3 karra jahon chempioni.

Uzoq yillar davomida Svetlana Kuznesova qo`l ostida sport gimnastikasining sir-asrorlarini o`rganib kelgan. 1990 yil terma jamoa a`zosiga aylangan.

Osiyo o`yinlari va Osiyo chempionati g`olibi, faoliyatini yakunlamasdan turib, gimnastikaning rivojiga qo`shgan hissasi uchun Xalqaro gimnastika shon-sharaf zalidan o`rin olgan yagona sportchi hisoblanadi. U shuningdek, sport gimnastikasida Olimpiya o`yinlarida eng ko`p ishtirok etgani uchun “Ginnessning rekordlar kitobi”ga o`z nomini yozdirib qo`ygan.

Bir qator davlat mukofotlari sohibasi bo`lgan sportchimiz Tokio Olimpiadasidagi ishtiroki hamda O`zbekiston gimnastikasi rivojiga qo`shgan hissasi uchun “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni berildi.

Uchqun Namozov, 

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring