Bahodir Jalolov ertaga jiddiy sinovdan o‘tadi

Ertaga, 11-iyun tongida hamyurtimiz Bahodir Jalolov (10-0-10) Nyu-York shahrida profboksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Unga Jek Mulovey (11 jang, 7 nokaut) raqiblik qiladi.

«Biz vazn o‘lchash marosomidan o‘tib oldik. Ertaga juda katta boks kechasida ringa ko‘tarilaman! Bu professional boksdagi eng jiddiy raqibim. Chiroyli boks ko‘rsatishga harakat qilaman!», dedi Bahodir.

Реклама на Unews

Ushbu qiziqarli jang Uzreport TV kanalida erta tongda, 4:00 dan keyin namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring