Badaxshon viloyati markazida portlash yuz berdi

Kecha Badaxshon viloyati markazi Fayzobod shahrida portlash yuz berdi.

Afg‘oniston xalqaro agentligi manbalarga tayanib xabar berishicha, portlash sodir etilgan, bu orqali shaharning 4-mavzesidagi Tolibon polisiyasi boshlig‘i Qori Abu Bakr hayotiga suiqasd qilingan, biroq hech kim jabrlanmagan.

TOLO News ning mahalliy hokimiyatga tayanib yozishicha, portlashga qo‘l granatasi sabab bo‘lgan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring