BAAda 48 qavatli osmono‘par bino yonib ketdi (video)
4693 06-05-2020 0 DunyoBirlashgan Arab Amirliklarining (BAA) Sharja shahridagi osmono‘par binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Khaleej Times xabar bergan. Nashr o‘zining Twitter’dagi sahifasida voqea joyidan yong‘in videolarni ham e’lon qilgan, deb yozmoqda "Daryo.uz" nashri.
Gulf News’ning mahalliy politsiyaga tayanib, xabar qilishicha, yaqin atrofdagi binolarda yashovchi aholi xavfsiz joyga ko‘chirilgan. Nashr bino avtoturargoh bilan qo‘shib hisoblaganda 45 qavatli ekanligini yozgan. Biroq keyinchalik osmono‘par bino 48 qavatli ekanligi oydinlashdi.
Реклама на Unews
Keyinroq gap katta qismi turar joy sifatida ajratilgan 190 metr balandlikdagi Abbco minorasi haqida ketayotgani ma’lum bo‘ldi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda holat sabab to‘qqiz kishiga talafot yetgan. Jarohatlangan yetti nafar fuqaro yaqin atrofdagi kasalxonaga yotqizilgan. Biroq hali ham olov ichida qolgan xonadonlarda odamlar bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi yuzasidan aniq ma’lumotlar yo‘q.
Yong‘inning kelib chiqishiga nima sabab bo‘lganligi ham oshkor etilmagan.
Реклама на Unews
"Salimboy" nomi bilan mashhur Salim Abduvaliyev qayerda tug'ilganini ochiqladi!
Prezident epidemiyaga qarshi qancha sarflanganini aytdi
O‘zbekiston banklarida dollar kursi tushishda davom etmoqda
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.