Aziza Sodiqovaning yangi asari Yevropani larzaga keltirdi (video)

Ushbu haftada Massimo Di Palermo teatrida, Yevropaning markaziy televideniyesi jonli efirida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Mutaxassislar bu dasturni zamonaviy mumtoz musiqada inqilobiy voqea deb baholashmoqda, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Dunyoga mashhur dirijor Velber o‘tkazgan konsertda Gaydn va Shuman asarlari puxta tanlandi va dasturning kulminatsiyasida – Yevropaning yetakchi bastakori, o‘zbekistonlik Aziza Sodiqovaning yangi asari ijro etildi.

Mutaxassislarning sharhlariga ko‘ra, konsert musiqiy uslublarning mohirona ijrolari bilan, ayniqsa, Azizaning o‘ziga xos ijodi bilan shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.

BBC Aziza Sodiqovani jahon musiqasining 100 ta eng nufuzli ayollari ro‘yxatiga kiritdi. Chunki dunyoning eng zŭr orkestr va dirijërlari unga musiqa yëzib berishini sŭrab buyurtmalar berishmoqda.

Ma’lumot uchun: Aziza Sodiqova 1978 yilning 6 oktabrida Toshkent shahrida tug‘ilgan. 6 yoshidan boshlab Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktab-internatida ta’lim olgan. Toshkent davlat konservatoriyasining bastakorlik fakultetini bitirgan.

1999 yilda Uilyam Shekspirning «Romeo va Juletta» fojiasiga yozgan musiqasi Azizaning o‘ziga xos iste’dodi qirralarini ochib berdi va u Angliyadagi Sheksper teatrida katta muvaffaqiyat bilan ijro etildi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring