"Azerbaijan Airlines" Bokudan Samarqandga parvozlarni yo`lga qo`yadi va Toshkentga esa parvozlar sonini oshiradi

Oktyabr oyi boshidan Ozarbayjonning AZAL milliy aviatashuvchisi O`zbekistonning yana bir shahri — Samarqandga parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "haqqin.az" xabar qildi.

 

Ma`lum qilinishicha, Samarqandga parvozlar haftasiga ikki marta – seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, Ozarbayjon Havo Yo`llari Boku-Toshkent-Boku yo`nalishi bo`yicha parvozlar chastotasini haftasiga 5 martagacha oshiradi.

Реклама на Unews

Hozirda ikki poytaxt o`rtasida muntazam qatnovlar dushanba, chorshanba va shanba kunlari amalga oshirilmoqda, tez orada payshanba va yakshanba kunlari ham amalga oshiriladi.

Aviachiptalar savdosining ochilishi yaqin kunlarda aviakompaniyaning rasmiy sayti – www.azal.az da kutilmoqda. AZALning ushbu va boshqa reyslari uchun aviachiptalarni akkreditasiyadan o`tgan aviatashuvchilar agentliklarida ham xarid qilish mumkin.

Ko`rsatilgan tashish shartlariga javob beradigan va amaldagi epidemiologik cheklovlar bo`yicha parvoz qilishga ruxsat berilgan yo`lovchilar ushbu reyslarda tashishga qabul qilinadi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring