Ayrim jarimalar miqdori keskin kamaytirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev «Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma’muriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonunni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra:

- haydovchilarga transport vositasini boshqarish vaqtida uyali aloqaning xavfsiz va qo‘lni band qilmaydigan texnik vositalaridan (quloqchin, bluetooth) foydalanishga ruxsat berilmoqda;

Реклама на Unews

- transport vositasini boshqarish paytida salonning old qismiga o‘rnatilgan monitordan tele-, videodasturlarni tomosha qilishga qo‘yilgan taqiqni saqlab qolgan holda, monitorni o‘rnatganlik uchun javobgarlik bekor qilinmoqda;

- MJtKning 4 ta moddasi bo‘yicha jazo miqdori huquqbuzarlikning xavflilik darajasi va xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda maqbullashtirilmoqda. Jumladan, aholining ayrim qatlamlari uchun moddiy-ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan, avtomobilda yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanganlik uchun (fuqarolar uchun – 27 mln so‘mdan 1,9 mln so‘mgacha, mansabdor shaxslar uchun – 40 mln so‘mdan 8,1 mln so‘mgacha kamaytirilmoqda) va boshqalar;

- transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlar haydovchining yonida bo‘lmaganligi uchun javobgarlikka tortish tartibi bekor qilinmoqda. Bunda, haydovchining yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport, ID-karta) mavjud bo‘lishining o‘zi yetarli ekanligi belgilanmoqda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring