Ayollar kiyimini kiyib olgan erkak videosi bo‘yicha rasmiy xabar berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada ayol kishi kiyimidagi shaxsni bir nechta fuqarolar samosud qilinayotganligi aks etgan videoxabar tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB tomonidan mazkur holat o‘rganib chiqildi. 

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 14 noyabr kuni soat 03:00 larda fuqaro U.Yu. ayollar kiyimini kiyib olgan holda yo‘lovchi avtomashinada Buvayda tumanidan qaytayotib, Bag‘dod tumanining «Bordon» mahalla fuqarolar yig‘ini chorrahasida tushib qolgan. Katta yo‘l bo‘yida turgan vaqtida shu qishloqda yashovchi fuqarolar uning erkak kishi ekanligini sezib qolib, videotasvirga olishgan.

U.Yu. bu yerdan qochib, shu atrofdagi fuqaro T.E.ga tegishli uyning tom qismiga chiqib yashiringan. Uy egasi noma’lum shaxsni o‘g‘irlikka tushganlikda gumon qilib ushlab, bu haqida viloyat IIBning «102» raqamiga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro U.Yu. ga nisbatan Bag‘dod tuman IIB tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bilan, U.Yu.ni videotasvirga olib, internet tarmoqlarida tarqatib yuborgan fuqaro M.X.ga ushbu kodeksning 46-moddasi prim 1-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring