Ayni vaqtda Toshkent viloyatida qor yog`moqda

Toshkent viloyati Parkent tumani Zarkent tog`li qishloqida qor yog`moqda. Bu haqda Gidrometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo prognozlari, tadqiqotlar, ma`ruzalar kanali ma`lum qildi. 

Ma`lum qilishicha, Zarkent tog`li qishloqlardan biri bo`lib, dengiz sathidan 1200 metr yuqorida joylashgan. So`qoq qishlog`iga yaqin qishloq.  

O`zgidrometning ''So`qoq'' avtomatik meteorologik stansiyasi soat 21:20 holatiga +0,1 daraja haroratni bermoqda. Tabiiyki, bu haroratda qor yog`adi.  

Реклама на Unews

Bu hozircha ayni bahor oyida eng past balandlikda qor yog`ish hodisasidir. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring