Ayni vaqtda "Qamchiq"da kuchli qor yog`moqda

Ayni daqiqalarda "Qamchiq" dovonining 193-kilometridan 263 kilometrigacha bo`lgan masofasida kuchli qor yog`moqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi habariga ko`ra, yo`l transport hodisalari bilan bog`liq vaziyatlarning oldini olish maqsadida, qordan tozalash va muzlamalar hosil bo`lishining oldini olish ishlarini muvofiqlashtirib borilmoqda.

"Haydovchilardan barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni so`raymiz",-deyiladi xabarda.

Реклама на Unews

Eslatib o`tamiz, avvalroq O`zbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilayotganini yozgan edik.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring