Ayni paytda prezident huzurida paxta hosildorligi va hajmini kamida 30 foizga oshirish muhokama qilinmoqda

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida ilmga asoslangan urug`chilik va agrotexnologiyalar hisobiga paxta ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda paxtani chuqur qayta ishlash asosida to`qimachilik mahsulotlari eksportini ko`paytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig`ilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Unda:

 

- ilmga asoslangan urug`chilik va agrotexnologiyalar hisobiga paxta hosildorligi va hajmini kamida 30 foizga oshirish;

Реклама на Unews

- paxtani chuqur qayta ishlab, sohaning eksportini kamida 2 baravarga ko`paytirish muhokama qilinmoqda.

“Bu – iqtisodiyotimiz uchun juda katta imkoniyat va zaxiradir. To`qimachilik bizga kam xarajat bilan oltindan ham ko`p daromad keltiradigan soha hisoblanadi.

Shuning uchun biz sohada to`liq klaster tizimini joriy etdik. Bugungi kunda paxta tolasini o`zimizda 100 foiz qayta ishlash yo`lga qo`yildi (besh yil avval 40 foiz tola qayta ishlangan).

Реклама на Unews

Sohani qo`llab-quvvatlash uchun so`nggi uch yilda to`qimachilik klasterlariga 23 trln so`mdan ziyod imtiyozli mablag`lar ajratildi. Bundan tashqari, klasterlarning o`zlari ham qariyb 7 trln so`m xususiy investisiyalar yo`naltirdilar. Natijada 350 ga yaqin yirik fabrikalar ishga tushirildi.

Ishlab chiqarish hajmi 5 barobarga oshdi, eksport esa 4 barobarga o`sib, qariyb 3 mlrd dollarga etdi”, dedi Prezident.

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring