Avtomobil old o`rindig`ida "kamar" taqmay o`tirgan yo`lovchi jarima to`laydimi?

Haydovchining yonidagi yo`lovchi xavfsizlik kamarini taqmagani uchun qo`llaniladigan jarimalar ijtimoiy tarmoqlarda kattagina bahs va munozaralarga sabab bo`lmoqda.

 

Ayni shu bahsli savolga Toshkent shahar Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi O`zAga javob berdi:

 

Ta`kidlanishicha, xavfsizlik kamarini taqmagan yo`lovchi bo`yicha qonunchilikka takliflar kiritilgan bo`lib, hozirda ko`rib chiqilmoqda. Ayni vaqtda xavfsizlik kamarini taqmagan yo`lovchiga nisbatan jarima qo`llanilmaydi. 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring