Avstraliyalik baliqchi 30 yillik faoliyati davomidagi eng katta baliqni tutib oldi

Avstraliyaning Kvinslend shtatida yashovchi erkak Ed Falkoner Reynbou-Bich shahri yaqinidagi suv havzasiga baliq ovlashga borgan hamda bahaybat uch chiziqli lutsian balig‘ini tutib oldi, deb yozadi «Korrespondent.net», deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Foto: EPA
Erkak baliqni suvdan olib chiqish uchun 20 daqiqa vaqt sarflagan. O‘ljaning og‘irligi 22 kilogramm, uzunligi esa 104 santimetr edi.
Avstraliyalik erkakning qayd etishicha, u 30 yildan beri baliqchilik qiladi. U shu paytgacha tutgan eng yirik baliqning og‘irligi esa 19 kilogramm bo‘lgan.

«Bu juda ajoyib baliq ovi bo‘ldi. Bunday katta baliqni tutish esa har bir baliqchining orzusi», — deydi Falkoner.
U baliqni mahalliy baliqchilik boshqarmasiga tadqiqot uchun berishini aytgan.

«Mutaxassislar baliqning boshidan ma’lum suyakni olib, shu tarzda uning yoshi hamda boshqa ma’lumotlarni aniqlaydi», — deydi Falkoner.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring