Avstraliyada kenguru hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Avstraliyaning ABC telekanaliga ko‘ra, G‘arbiy Avstraliyada 77 yoshli erkak kenguru hujumi oqibatida halok bo‘ldi.

Materialda aytilishicha, polisiya Piter Idz uch yoshli kenguruni uy hayvonlari sifatida saqlaganini aytdi.

Qayd etilishicha, oila a’zolari og‘ir tan jarohati olgan erkakni topib, tez yordam chaqirgan, biroq shifokorlar uni qutqara olmagan.

Реклама на Unews

 

Shuningdek, tez tibbiy yordam xodimlari jabrlanuvchiga xavfsiz muhitda yordam ko‘rsatishi uchun polisiya kenguruni o‘ldirishga majbur bo‘lgani ko‘rsatilgan.

Odamga kenguru hujumi so‘nggi bor 1936 yilda Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatida sodir bo‘lgandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring