Avgust oyida Tokioda jazirama issiqlikdan 79 kishi vafot etdi

G‘ayritabiiy ob-havo tufayli Yaponiya poytaxtida 79 kishi issiqlik tufayli olamdan o‘tdi. Bu haqda 18-avgust kuni NHK telekanali xabar berdi,  deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Ulardan 26 nafari oxirgi to‘qqiz kun ichida poytaxtda havo harorati +37 darajadan oshib ketganda hayotdan ko‘z yumishgan. Ularning aksariyati — 70 yoshdan oshgan keksa kishilar.

Ustiga-ustak, Tokioning 26 ta fuqarosidan 25 nafari uyida jon bergan. Ta’kidlanishicha, ular ayni kun qizigan paytda konditsionerni yoqishmagan yoki xonada sovitish uskunalari umuman bo‘lmagan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring