Avgust oyida eng ko‘p piyoda yurganlarga qariyb 69 million so‘m mukofot berildi

«Sog‘lom turmush tarzi» (1hls.uz) platformasida avgust oyi yakunlariga ko‘ra tumanlar kesimida 203ta g‘olib aniqlandi. Umumiy hisobda ularga 68 900 000 so‘m mablag‘ to‘lab berilgan (https://minsport.uz/uz/news/post/1360).

Respublika miqyosida toshkentlik Toirov Ulug‘bek g‘olib bo‘lgan, u qariyb 2,2 million qadam yurib 1 800 000 so‘m yutib olgan. E’tiborlisi u iyul oyi yakunlari bo‘yicha ham g‘olib bo‘lgan (https://minsport.uz/oz/news/post/1242).

Platforma orqali amalga oshiriladigan to‘lovlar alkogol (pivo, aroq) va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga tatbiq etilgan yig‘imdan olinishi haqida avval xabar bergan edik (https://t.me/nigoh_01/343).

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring