Atigi 130 dollarga batareyasi naq 8000 mA/soatlik, «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon chiqdi! (+video)

Oukitel kompaniyasi kuchli himoyalangan, akkumulyatori sig‘imdor smartfonlari bilan tanilgan. Yaqinda u Xiaomi Mi CC9 Pro kamerofonidan zo‘r makrosurat oluvchi Oukitel C18 Pro modelini taqdim etgan.

Ushbu smartfonsoz korpusi muhofazaga ega bo‘lgan yangi – Oukitel WP5 Pro modelini namoyish qildi. Kompaniya uni 7 iyuldan sota boshlaydi; smartfon dastlab 130 dollardan taklif etiladi, keyinroq esa uni o‘z narxida – 160 dollarga olish mumkin bo‘ladi.

Реклама на Unews

Oukitel WP5 Pro smartfonining korpusi AQShning harbiy standarti – MIL-STD-810G talablariga javob bera oladi. Shuningdek, u IP69K darajasida ham himoyaga ega.

Hozirda aksariyat smartfonlarda qo‘llanayotgan IP68 himoya standarti qurilmaning bir yarim metrlik suv tubida yarim soatgacha tura olishini ta’minlasa, IP69K kuchli bosim ostidagi issiq suv ta’siriga ham chidamlilikni anglatadi. Bulardan tashqari, yangi smartfon tirnalish va zarbalarga chidamli – 1,5 metrlik balandlikdan qattiq yuzaga tushib ketsa ham unga shikast yetmaydi.

Реклама на Unews

Telefonning apparat ta’minoti asosini MediaTek Helio A25 protsessori tashkil etadi, tezkor/doimiy xotirasi esa tegishlicha 4/64 gigabaytlik. Android 10 operatsion tizim talqini boshqaruvi ostidagi Oukitel WP5 Pro diagonaliga 5,5 dyuymlik, rezolyusiyasi 720x1440 piksellik ekranga ega. Tomonlari o‘zaro 16:9 nisbatli displey yuzasiga Corning Gorilla Glass 5 himoya shishasi yotqizilgan.

Oukitel WP5 Pro ekrani tepasidagi selfi-kamera 5 megapiksellik yakka datchikni o‘z ichiga oladi. Qurilmaning bosh kamerasida esa 13 + 2 + 2 megapiksellik sensorlar qo‘llangan. Undagi naq to‘rtta LED-chiroqli fotochaqnoq esa smartfonni bemalol kuchli fonarik sifatida ishlatish imkonini beradi.

Orqa paneldagi barmoq izi skaneri esa shaxsiy ma’lumotlaringizni himoyalashda qo‘l keladi.

O‘QING: LG atigi 150 dollarga uchtalik kamerali, «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon chiqardi! (+«jonli» video)

Quyidagi videoda Oukitel WP5 Pro modelining xususiyatlari bilan batafsil tanishish mumkin:

Ushbu smartfonning afzalliklaridan biri – 8000 mA/soatlik akkumulyatoridir – uning sharofati bilan Oukitel WP5 Pro odatiy rejimda uch kungacha quvvatlashsiz ishlay oladi!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring