Asalhoney nega qamoqdan ozod qilingani ma’lum bo‘ldi

4 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda 5 sutkalik ma’muriy qamoq bilan jazolangan Asalhoney qamoqxonadan boshqa joyda o‘tirib onlayn chiqish qilgani haqida xabarlar tarqaldi, soat 23:00 dan o‘tgach esa uning qamoqdan ozod qilinayotganiga doir video e’lon qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahar Ma’muriy sudi Kassasiya instansiyasi qarori bilan unga nisbatan tayinlangan jazo o‘zgartirilgan. Bu haqda "Daryo" yozmoqda, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Asalhoney taxallusi bilan tanilgan fuqaro Asal Xo‘jayeva 2 noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani ma’muriy sudi qarori bilan javobgarlikka tortilgani haqida xabar berilgan edi. Sud Asal Xo‘jayevani Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (haqorat qilish) hamda 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan aybdor deb topib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari (4 460 000 so‘m) miqdorida jarima, shuningdek, uzil-kesil 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan edi.

Ammo Toshkent shahar Ma’muriy sudi Kassasiya instansiyasining 4 noyabrdagi qarori bilan Asal Xo‘jayevaga tayinlangan jazo o‘zgartirilgan. Bunga asos sifatida sudlanuvchining 2010 yilda tug‘ilgan farzandi borligi va ayni vaqtda u bolaning yagona boquvchisi ekanligi ko‘rsatilgan.

Реклама на Unews

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 29-moddasi 2-qismiga ko‘ra, ma’muriy qamoqqa olish chorasi homilador ayollarga, 3 yoshgacha bolasi bo‘lgan ayollarga, 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini yakka o‘zi tarbiyalayotgan shaxslarga, 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas.

Shu munosabat bilan, Kassasiya instansiyasi Asal Xo‘jayevaga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bilan tayinlangan qamoq jazosini modda sanksiyasida belgilangan jarima (BHMning uch barobari -- 669 ming so‘m miqdorida) jazosi bilan o‘zgartirishni, shuningdek, kodeksning 41-moddasi bilan tayinlangan jarima (4 460 000 so‘m) jazosini o‘zgarishsiz qoldirishni lozim topgan va u 5 sutkalik ma’muriy qamoq jazosidan darhol ozod qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Asalhoney 2020 yilning 5 may oqshomida o‘zi yashaydigan uyda bir erkakning hujumiga uchragandi. Erkak uni urib, tanasini skotchlab ketgan edi. O‘shanda Asalhoney ichki ishlar xodimlari tomonidan qutqarilgan edi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


17 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 12-11-2020 Liliya

    Bundelani yer kutarib turiptiyam

    Javob yozish
  2. 08-11-2020 Vorzakon

    Bunaqangi iflosni shunfay otib tashash kk tamom bu jamiyatga dag‘al dog‘

    Javob yozish
  3. 08-11-2020 Samo

    Essiz umr essiz farzand...

    Javob yozish
  4. 08-11-2020 Karim abdusamatov

    Bunaqalani bildirish kere

    Javob yozish
  5. 08-11-2020 Dilya

    Eee shunaqalar ham borda hayotda afsuski....

    Javob yozish
  6. 08-11-2020 Joxa

    Xayf bunaqalarga o'zbek degan nom va ona degan nom

    Javob yozish
  7. 08-11-2020 Musulmon

    Bundaylarniyam yer kotarib turibdi ammo shunday vaqt keladi oshanda kech boladi

    Javob yozish
  8. 08-11-2020 Jonny

    ,

    Javob yozish
  9. 08-11-2020 Tm

    Shunaqalar yuripti musulmonmi o'zi, hamma balo shulardan kelyapti...

    Javob yozish
  10. 08-11-2020 The end

    Bunaqalani o‘tda yoqish kere toki zino qilgan harbir joyin yonib kul bolguncha

    Javob yozish
  11. 08-11-2020 Saman

    ASTAUFIRILLOH

    Javob yozish
  12. 08-11-2020 Muhayyo

    Uzi aslida kimbu ayol

    Javob yozish
  13. 08-11-2020 Fayzee

    Da bu babnitsaga buyam Kam Fayzee bu😠

    Javob yozish
  14. 07-11-2020 N.Abdullayeva

    Gapirgandan foyda yo insoffi oziga bersn

    Javob yozish
  15. 06-11-2020 Golden rose

    Bazi br davlatlarda bunaqalarni toshboron qilishadi,baxtiga bizni davlatdamas.

    Javob yozish
    • 08-11-2020 Islom

      Adolatsizlik yuqolyapti hoxlaymizmi yuqmi bu nmasi endi ochiqdan ochiq faxsh videola zapisla borku mana dalil.qamash kergiydi odamda har hil fikr keladi N.ismli qiz deganday hazil qip aythanda uchaskavoyla harkuni xabar olishadi deganday.

  16. 05-11-2020 ulug'

    Shu foxshani mashxur qilgan Millon guruxiga salom

    Javob yozish
    • 08-11-2020 Muyas

      Millionda ciqanmi bu eslomadm man

    • 08-11-2020 Kumush

      Kimni aytyapsiz aka.unaqa haqorat qilib bòlmidi aka.gunoh bòladi.

  17. 05-11-2020 Shax

    Xmmmmmmmm bolasi ugilmi qizmi essiz farzand .............

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish