Armaniston-Ozarbayjon chegarasida yana qurolli to`qnashuv sodir bo`ldi

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi saytida 12 sentyabrga o`tar kechasi Armaniston qurolli kuchlari bo`linmalari Ozarbayjon-Armaniston davlat chegarasining Dashkesan, Kalbajar va Lachin yo`nalishlarida keng ko`lamli provokasiyani amalga oshirgani haqida xabar berildi. Armaniston esa Ozarbayjonni chegara hududlarini o`qqa tutishda aybladi. Boku Erevan provokasiyasiga javob choralarini ko`rganliklarini bildirdi. Har ikki tomon qurbonlar haqida ma`lum qildi.

"Tunda Armaniston qurolli kuchlarining diversiya guruhlari tog`li hudud va daralardan foydalangan holda Ozarbayjon armiyasi bo`linmalari pozisiyalari va ta`minot yo`llari o`rtasida turli yo`nalishlarda minalash ishlarini olib bordi. Bo`linmalarimiz tomonidan bularning oldini olish bo`yicha ko`rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida to`qnashuv yuz berdi”, - deyiladi xabarda.

 

Qayd etilishicha, shaxsiy tarkib orasida yo`qotishlar bo`lgan, harbiy infratuzilmaga zarar etkazilgan. Armaniston Mudofaa vazirligi o`z saytida 13 sentyabr kuni soat 00:05 atrofida Ozarbayjon Qurolli kuchlari bo`linmalari artilleriya, minomyot va uchuvchisiz uchoqlardan foydalangan holda kuchli o`t ochgan. Armaniston-Ozarbayjon chegarasining bir nechta sektorlarida bir vaqtning o`zida joylashgan arman pozisiyalarida. 

Реклама на Unews

"Jumladan, Sotk, Vardenis, Goris, Kapan, Artanish va Ishxonasar yo`nalishida joylashgan pozisiyalar o`qqa tutildi. Fuqarolik infratuzilmasi ob`ektlari ham o`q ostida. Armaniston Respublikasi qurolli kuchlari bo`linmalari jangovar vazifalarni to`liq bajarmoqda", - deyiladi ma`lumotda.

Shuningdek, Armaniston tomonida o`lganlar va yaradorlar borligini ma`lum qildi. Avvalroq Armaniston va Ozarbayjon tinchlik bitimi ustida ishlashni qayta boshlashga kelishib olgan edi.

Shundan so`ng, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken jangovar harakat boshlanishi asnosida Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Armaniston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Реклама на Unews

“Bosh vazir Ozarbayjon tomonidan Armaniston suveren hududiga nisbatan amalga oshirilgan harakatga oid tafsilotni taqdim  etdi. Do`stlik shartnomasi shartini bajarish uchun Rossiyaga rasman murojaat qilish qarori to`g`risida ma`lum qilindi”, deyiladi bayonotda.
Bungacha Pashinyan telefon orqali Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni voqea-hodisadan boxabar qilgan. Shuningdek, Fransiya etakchisi Emmanuel Makron bilan ham chegaradagi vaziyatni muhokama qilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring