Armaniston Bosh vaziri mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqinini e’lon qildi

Armanistonda koronavirus bilan bog‘liq qiyin vaziyat yuzaga keldi. Mamlakatda epidemiyaning ikkinchi bosqichi boshlandi. Bu haqda Bosh vazir Nikol Pashinyan ma’lum qildi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

“Aslida biz koronavirusning ikkinchi to‘lqini bilan shug‘ullanmoqdamiz“, deydi Pashinyan kecha, 26 may kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat tomonidan belgilanadigan choralar hozirgi vaziyatga mutanosibdir. Ammo, ushbu qoidalarga har doim ham amal qilinmayapti.

Реклама на Unews

“Qo‘llarni tez-tez yuvish va dezinfeksiya qilish, niqob kiyish va ijtimoiy masofani saqlash kerak. Ishonchimiz komilki, bu choralar vaziyatni yaxshilaydi va kasallanganlar soni nolga kamayadi. Biz ushbu choralarga rioya qilinishini qat’iy nazorat qilamiz“, deydi Pashinyan.

Aprel oyining boshida Armaniston bosh vaziri o‘z mamlakati koronavirus tarqalishining eng yuqori darajasidan o‘tganini aytgan edi.

Ma’lumot uchun, 13 iyunga qadar Armanistonda koronavirus bo‘yicha favqulodda holat joriy etilgan. Shu bilan birga, iqtisodiy faoliyatga qo‘yilgan barcha taqiqlar olib tashlandi, cheklovlar faqat mamlakatdagi barcha korxona, jamoat transporti va o‘quv muassasalariga qo‘llaniladi. Bundan tashqari, mamlakat bo‘ylab harakatlanish taqiqlari bekor qilindi.

Реклама на Unews

22 maydan boshlab asemptomatik tasdiqlangan koronavirus infeksiyasi bo‘lgan bemorlar izolyatsiya joylaridan ozod qilinadi. Shu bilan birga, Armaniston parlamenti ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish kiritdi, unga ko‘ra pandemiyada niqob rejimiga rioya qilmagan fuqarolar 10 ming dram (20 dollar) miqdorida jarimaga tortiladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Armanistonda koronavirus bilan bog‘liq 7 402 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 3 220 nafari sog‘aygan, 91 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar 4 091 nafarni tashkil qilmoqda.

Jonli ijroda o‘tkazilgan konsertlar uchun ijara to‘lovidan 50 foiz chegirma beriladi

COVID-19 ga qarshi "umid" qilingan dorilardan birining sinovi to'xtatildi!

O‘zbekistonda oltin ishlab chiqarish 50 tonnaga yetkaziladi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring