Argentinada koronavirusga chalinganlar soni 100 mingga yetdi

Argentinada COVID-19 koronavirusi infeksiyasiga chalinganlar soni 100 ming kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib RIA Novosti xabar bermoqdadeb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

"Bugun 2657 ta yangi holat qayd etildi va koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 100 166 kishiga yetdi", - deyiladi SSV bayonotida.

Hozirda 735 nafar bemorning ahvoli og‘ir bo‘lib, ular jonlantirish (reanimatsiya) bo‘limiga yotqizilgan. 

Реклама на Unews

Mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar soni 1845 kishini tashkil qiladi.

JSST Janubiy Amerikani koronavirusning yangi o‘chog‘iga aylanganini qayd etgan. Argentinada vaziyat yomonligiga qaramay, u yerda qo‘shnilariga nisbatan kamroq infeksiya qayd etilgan.

Jon Xopkins univeristeti ma’lumotlariga ko‘ra, Braziliya (1,8 mln), Peru (326 ming), Chili (315 ming), Kolumbiya (145 ming) koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha Argentinadan oldinda turibdi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring