“Archako‘cha”da pichoqlangan yigitlarning biri vafot etdi!

Joriy yilning 5 iyun kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida Kichik halqa avtomobil yo‘lida (eski Archako‘cha) bir guruh yigitlar o‘rtasida janjal bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Hodisada ikki yigit pichoqlanib, shifoxonaga yotqizilgandi.

QALAMPIR.UZ manbasining xabar berishicha, pichoqlangan yigitlarning biri vafot etgan. Unga 15 marta pichoq bilan zarba berilgan bo‘lgan.

Hodisa bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ammo ish tafsilotlari haqida hozircha ma’lumotga ega emasmiz.

Реклама на Unews

Toshkent shahar IIBB mazkur holat bo‘yicha bergan axborotida janjalning qolgan ishtirokchilarini aniqlash ishlari olib borilayotganini ma’lum qilgandi. Hodisa boshqarma boshlig‘ining shaxsiy nazoratiga olingan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring