AQSHning yangi Davlat kotibi tasdiqlandi

Kecha, 26 yanvar kuni AQSH Senati 58 yoshli Entoni Blinkenni Davlat kotibi lavozimiga tasdiqladi, deb xabar bermoqda “Reuters”. Uning nomzodini yoqlab 67 senator ovoz bergan, 11 kishi esa qarshi ovoz bergan, deb yomzoqda "Qalampir.uz" nashri.

Bir hafta oldin u Senatning tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi a’zolari bilan suhbatlashgan va ularga davlat kotibi sifatidagi o‘zining ustuvor vazifalari to‘g‘risida gapirib bergan. Tartibga ko‘ra, avvalo qo‘mita a’zolari nomzodni tavsiya qilishlari kerak, so‘ngra Senatning to‘liq tarkibi tayinlash uchun ovoz berishlari kerak.

Ma’lumot uchun, hozirda AQSHning amaldagi Davlat kotibi Mayk Pompeo hisoblanadi. U 2018 yilning 26 aprelidan beri ushbu lavozimda ishlab kelmoqda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring