AQShning 14 shtatida koronvirus tarqalish sur`ati yana oshib ketdi

Washington Post gazetasining yozishicha, iyun oyining boshida AQShning 14 ta shtatida koronavirus yuqtirish holatlari yana oshib ketgan. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

So`nggi haftada Alyaska, Arizona, Arkanzas, Texas, Kaliforniya, Shimoliy Karolina, Janubiy Karolina, Florida, Kentukki, Nyu-Meksiko, Missisipi, Oregon, Tennessi va Yuta shtatlarida koronavirus tarqalishi yana kuchaygan.

Bunga sabab sifatida AQShning qishloq joylarida ham kasallikka chalinish holatlari ko`paygani aytilmoqda. Holbuki, infeksiyaning «birinchi to`lqiniga» Nyu-York va Chikago kabi aholi ko`p bo`lgan shaharlar duch kelgandi.

Реклама на Unews

Bundan avval AQSh kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazi (CDC) Jorj Floydning o`limi tufayli yuz bergan ommaviy norozilik chiqishlaridan keyin vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini ma`lum qilgandi. Zero, shifokorlarni ommaviy namoyishlar COVID-19 bo`yicha olib borilayotgan statistikaga qanday ta`sir etishi qiziqtirmoqda.

Xopkins instituti ma`lumotiga ko`ra, AQShda koronavirus yuqtirish bilan bog`liq 1,96 millionta holat ro`yxatga olingan, pandemiyadan vafot etganlar soni 112 ming kishiga etdi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring