AQShdagi saylovlar sabab 7 kishi milliardlab dollarga boyidi. Ular kimlar?

«Forbes» jurnalining yozishicha, dunyoning eng badavlat yetti kishisi AQShda bo‘lib o‘tgan saylovlarning ertasi kuniga umumiy hisobda 33 milliard dollarga boyigan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Xususan, sayyoramizning eng boy odami — «Amazon» bosh direktori Jeff Bezosning davlati 10, 5 milliard dollarga oshgan. «Facebook» rahbari Mark Sukerberg esa sakkiz milliard dollarga boyigan. Kapitalini ko‘paytirish bo‘yicha uchinchi o‘rinda «Google» asoschisi Larri Peyjni hamda Osiyoning eng badavlat insoni, «Reliance Industries» xoldingi xo‘jayini Mukesh Ambanini ko‘rish mumkin. Ulardan har birining boyligi to‘rt milliard dollarga ko‘paygan.

Top-10likka kiruvchi uch nafar milliarder esa o‘z boyligini ko‘paytira olmadi. Ulardan «Tesla» kompaniyasi asoschisi Ilon Mask 547 million dollar yo‘qotgan bo‘lsa, investor Uorren Baffet 291, «Oracle» xo‘jayint Larri Ellison 379 million dollaridan ayrildi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring