AQSHda so‘nggi besh yil ichida kuzatilmagan kuchli qor yog‘di. Qurbonlar bor

AQSHda kuchli qor bo‘roni kuzatilmoqda. Mamlakatda so‘nggi besh yil ichida kuzatilmagan rekord darajadagi qor yog‘gan. Natijada, to‘rt kishi vafot etgan, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Pensilvaniya shtatida 67 yoshli ayol qor bo‘roni paytida adashib qolib, gipotermiyadan vafot etgan. 

Merilend shtatida esa qor bo‘roni sababli sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida uch kishi halok bo‘lgan. 

Реклама на Unews

Nyu-York va Nyu-Jersida hokimiyat noqulay ob-havo tufayli favqulodda holat e’lon qilgan. 

O‘quv muassasalari yopilgan, avtobus va temir yo‘l aloqalari bekor qilingan. 

Hozirda sinoptiklar qor eriy boshlasa toshqinga sabab bo‘lishi mumkin, deb qo‘rqmoqda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring