AQShda polisiyachi tiz cho‘kkan erkakni otib tashladi

Shimoliy Kaliforniyada polisiyachi tiz cho‘kib turgan erkakni otib tashladi. Bu haqda The Guardian yozmoqda. Bu haqida "Aniq.uz" nashri xabar bermoqda.

Nashrning xabar berishicha, voqea Valyexo shahrida Walgreens do‘koni yaqinida bo‘lgan va mahalliy aholining g‘azabini qo‘zg‘agan.

San-Fransiskoda yashovchi Shon Monterros dorixonada o‘g‘irlik bo‘lgani haqida chaqiruvga asosan kelgan polisiyachi tomonidan o‘ldirildi.

Реклама на Unews

“U polisiya kelganida tiz cho‘kdi va taslim bo‘ldi. Ammo polisiyachilar uni otib tashladi. Ular uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mashinadan otib tashladilar", — dedi marhumning oilasini himoya qiluvchi advokat Melissu Nold.

O‘z navbatida, Valyexo polisiyasi boshlig‘i Shouni Uilyams 3 iyun kuni zobit Monterrosning harakatlarida tahdidni ko‘rgani sababli o‘q uzganini aytdi. Shu bilan birga, Uilyams otgan polisiyachining ismini ma’lum qilmadi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring