AQShda polisiya boshlig‘i iste’foga chiqdi va lavozimini afro-amerikalikka topshirdi

AQShda, Oregon shtatining Portlend shahridagi polisiya boshlig‘i shahardagi tartibsizliklar paytida iste’foga chiqdi va lavozimni afro-amerikalikka topshirdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

"Portlend polisiyasi o‘zgarishda yetakchi bo‘lishi kerak. Yetakchilikdagi bunday o‘zgarishni yurak amri bilan bajardim. Chak Lovell butun hayotini o‘z xizmatiga bag‘ishlaydi. Men unga va uning rahbarligiga 100 foiz ishonaman", – deb yozdi polisiya boshlig‘i Jami Resh tvitterdagi sahifasida.

Mahalliy Oregon portalining yozishicha, polisiya boshlig‘i Jorj Floydning o‘limidan keyin shaharda yuz bergan tartibsizliklarga sust munosabat bildirgani uchun tanqid qilingan. Ta’kidlanishicha, endi rahbarlik afro-amerikalikka o‘tadi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring