AQShda o`rmon yong`inlari tufayli 23 kishi halok bo`ldi

Kaliforniyada o`rmon yong`inlari  va oqibatda  deyarli 1,5 million gektar o`rmon yonayotganligi haqida xabar bergan edik. 

Amerika Qo`shma Shtatlari g`arbiy qismida o`rmon yong`inida halok bo`lganlar soni 23 kishiga etdi. Bu haqda payshanba kuni kechqurun USA Today xabar berdi.

Nashr ma`lumotlariga ko`ra, yong`in AQSh g`arbiy qismidagi 12 dan ortiq shtatlarni qamrab olgan. Kaliforniyada 19 kishi, Oregonda uch kishi va Vashingtonda bir kishi halok bo`ldi.

Реклама на Unews

«Misli ko`rilmagan yomon ob-havo Kaliforniya, Oregon, Vashington va boshqa shtatlarda o`rmon yong`inlarini keltirib chiqardi», - deydi Aydaxo milliy idoralararo o`t o`chirish markazi.

Oregon hukumati payshanba kuni yong`in natijasida shtatning 500 mingdan ortiq aholisi evakuasiya qilinganligini ma`lum qildi.

Milliy idoralararo yong`in markazining ma`lumotlariga ko`ra, mamlakat g`arbidagi yong`in 3,4 million akr maydonni (1,375 million gektar) qamrab olgani haqida xabar bergan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring