AQShda COVID-19ga qarshi qaysi vaksina foydalanish uchun tavsiya etilgani e`lon qilindi

Ovoz berish natijalariga ko`ra AQSh ning oziq-ovqat va farmasevtika idorasi (FDA) ekspertlarining maslahat kengashi mamlakatda Johnson&Johnson tarkibiga kiruvchi Janssen farmasevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19 ga qarshi vaksinani ishlatishni tavsiya qildi. Bu haqda O`zbekistonda ZF-UZ-VAC2001 vaksina sinovlari jarayonlari haqida xabar berib boruvchi Vaksinauz kanalida xabar qilindi. 

FDA bir necha kunda vaksinani favqulodda vaziyatlarda foydalanish uchun rasman tasdiqlashi kutilmoqda. U holda Qo`shma Shtatlarda koronavirusga qarshi jami 3 xil vaksina qo`llaniladi, qolgan ikkitasi Pfizer/BioNTech va Moderna tomonidan ishlab chiqariladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring