AQSh vizalar berishni to`xtatdi

AQSh Prezidenti Donald Tramp joriy yilning oxirigacha xorijiy mutaxassislar va ularning oila a`zolari, shuningdek, mavsumiy ishchilar uchun vizalar berishni to`xtatishni buyurdi. Prezident tomonidan imzolangan ushbu farmon amerikaliklarni ish bilan ta`minlashga ustuvor ahamiyat berishga qaratilgan. Bu haqida "Darakchi.uz" nashi xabar bermoqda.

Cheklov H-1B, H-2B, H-4, L-1 va J-1 vizalasining ayrim turlariga nisbatan joriy qilinadi. Bu haqda Uzreport yozmoqda. Xabarda aytilishicha, N-1B vizalari asosan texnologiya sohasida malakali mutaxassislarga ishlash uchun beriladigan ruxsatnomadir. N-4 vizalari N-1B viza egalarining turmush o`rtog`iga beriladi.  J-1 vizalari fan vakillariga va L-1 vizalari ko`chib o`tishdan oldin AQShda ishlash uchun kelgan eng yaxshi menejerlarga beriladi. N-2b vizalari mavsumiy ishchilar uchun beriladi. Tramp ma`muriyatining yuqori lavozimli mulozimiga ko`ra, qabul qilingan chora-tadbirlar amerikaliklar uchun "50 ming ish joyini xozirlaydi".

Cheklovlar uzoq muddatli bo`lishi mumkin, ular AQShda ishlayotganlarga nisbatan qo`llanilmaydi. Avvalroq, Donald Tramp xuddi shu asoslar bilan amerikaliklar uchun ish o`rinlarini himoya qilib, “green card” berishni to`xtatgan edi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring