AQSH urush boshlangandan beri birinchi marta Ukrainaga eng katta yordam paketini ajratyapti

AQSH hukumati Ukrainaga yana 3 milliard dollarlik harbiy yordam paketini ajratmoqda. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karine Jan-Per kecha, 6 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi brifingda ma’lum qildi. 

“Bugun AQSH Ukrainaga 3 milliard dollardan ortiq harbiy yordam ajratilishini e’lon qilish orqali Ukrainaning o‘zini himoya qilish qobiliyatini doimiy qo‘llab-quvvatlashini namoyish etadi”, deydi Jan-Per. 

Uning qayd etishicha, 2,8 milliard dollarlik turli xil mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Pentagon zaxiralaridan taqdim etiladi. Bu Vashington tomonidan Kiyevga hozirgacha ajratilgan eng katta yordam paketi bo‘ladi. Xususan, uning tarkibiga Bradley piyoda askarlarining jangovar mashinalari, o‘ziyurar gaubitsalar, minalardan himoyalangan Mine-Resistant Ambush-Protected zirhli transport vositalari, “yer-havo” raketalari, shuningdek, boshqa vositalar va o‘q-dorilar kiradi. 

Реклама на Unews

O‘z navbatida, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Kongress bilan o‘zaro hamkorlikda ma’muriyat Ukraina va Rossiyaning bosqinidan jabrlangan mamlakatlarga xorijiy davlatlarga moliyaviy harbiy yordam ko‘rsatish dasturi doirasida yana 907 million dollar ajratishni rejalashtirayotganini aytdi. 

“Bu mablag‘ning 225 million dollari Ukraina Qurolli kuchlarining urush davridagi ehtiyojlariga, ularni Rossiya agressiyasidan himoya qilish uchun zarur vositalar bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi”, deydi Blinken.

Ulardan Kiyevga allaqachon berilgan harbiy texnikaga xizmat ko‘rsatish uchun ham foydalanish mumkin.  

Реклама на Unews

“Uzoq muddatda bu xorijiy harbiy mablag‘ Ukrainaning qurolli kuchlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish orqali mudofaa qobiliyatini tiklash uchun ishlatilishi mumkin”,  deya qo‘shimcha qildi AQSH Davlat kotibi. 

Qo‘shma Shtatlar ushbu dastur bo‘yicha NATOning sharqiy qanotidagi ittifoqchilariga Kiyevni qurol-yarog‘ bilan ta’minlaganidan keyin zaxiralarini to‘ldirish, shuningdek, kelajakda ulardan Ukrainaga yetkazib berishni rag‘batlantirish uchun 682 million dollardan ortiq mablag‘ ajratishni rejalashtirmoqda.  

“Yevropalik ittifoqchilar va hamkorlar uchun ajratilgan 682 million dollardan ortiq xorijiy harbiy mablag‘ Rossiyaning Ukrainadagi urushidan jabrlanganlarning salohiyatini oshirishga yo‘naltiriladi”, deydi Blinken. 

Unga ko‘ra, Ukrainadagi mojaroga faqat Rossiya chek qo‘ya oladi. 

"U buni qilmaguncha, biz Ukrainani qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaymiz", deydi u Jo Bayden prezidentligining boshidan beri Qo‘shma Shtatlar Kiyevga harbiy yordam uchun deyarli 25 milliard dollar sarflaganini eslatib.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring