AQSh: Stadionda otishma. Jarohatlanganlar bor

AQShning Mobile (Alabama shtati) stadionida o`rta maktab o`quvchilari o`rtasidagi Amerika futboli musobaqasida otishma ro`y berdi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

Mahalliy polisiya bo`lishi boshlig`i Pol Pryaning ma`lum qilishicha, otishma oqibatida to`rt kishi jarohat olgan, jumladan, ularning ikki nafari voyaga etmagan shaxs bo`lib, ular kasalxonaga yotqizilgan.

Ma`lum qilinishicha, polisiya xodimlari otishmani sodir etgan shaxslarni aniqlash bo`yicha tergov ishlarini boshlab yuborgan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring