AQSh senatorlari "Apple olov bilan o‘ynashyapti"

AQSh senatorlari Apple' kompaniyasini yangi iPhone 14 smartfonida Xitoy ishlab chiqaruvchisi YMTC taqdim etayotgan chip-xotiradan foydalanmaslikka chaqirdi, aks holda AQSh Kongressi kompaniyani jiddiy kuzatuvga olishini ma’lum qildi.

"Apple olov bilan o‘ynashyapti. Agar bu uni bas qilmasa, uning faoliyati federal hukumatning qat’iy nazorati ostida bo‘ladi. Biz Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilishga, ular bizning telekommunikasion tizimlarimiz va millionlab amerikaliklarning telefonlariga kira olishlariga yo‘l qo‘ymaymiz", - dedi senatorlar.

Bunga javoban Apple mahsulotlari uchun YMTC chiplaridan foydalanmaganini, biroq Xitoyda sotiladigan smartfonlar uchun bunday imkoniyatni ko‘rib chiqayotganini aytdi.

YMTC esa bu bo‘yicha hech qanday munosabat bildirmadi.

 
 
 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring