AQSh Rossiyaga qarshi qator sanksiyalar e`lon qildi

Prezident Vladimir Putinning Donesk va Lugansk xalq respublikalarini  "mustaqil" davlatlar sifatida tan olish  qaroriga javob berish uchun AQSh Rossiyaga sanksiya qo`yish orqali chora ko`rmoqchi. Xususan, AQSh Rossiyaning suveren qarzlari, bir nechta bank va kompaniyalariga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi. Bu haqda CNBC' yozmoqda.

 AQSh Moliya  vazirligi xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi sanksiya joriy qilinayotgan banklar va shaxslar haqida ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, sanksiyalar Rossiyaning moliyaviy ahvolini yomonlashtiradi, mudofaa sektoriga katta ta`sir o`tkazadi.

Реклама на Unews

"Bugungi harakat Ukrainaga qarshi harakatlarni va Rossiyaning mudofaa bilan bog`liq shartnomalarni moliyalashtirish uchun yangi mablag` to`plash qobiliyatini cheklaydi. Moliya tizimi, shuningdek, Putinning yaqin atrofidagi nufuzli rossiyaliklar va ularning oila a`zolariga juda qattiq zarba bo`ladi",-deyiladi AQSh Moliya vazirligi xabarida.

"Biz Rossiyaning harakatlarini kuzatishda davom etamiz va agar u Ukrainaga yana bostirib kirishgan urinsa, Qo`shma Shtatlar tezda Rossiya iqtisodiyotiga jiddiy va uzoq muddatli ta`sir ko`rsatadigan keng ko`lamli iqtisodiy sanksiyalarni joriy qiladi",-deydi u bu hali hamir uchidan patir ekanligini aytib.

Qayd etilishicha, sanksiyalar joriy qilingan moliyaviy institutlar Rossiya iqtisodiyotida muhim rol o`ynaydi va  milliardlab dollarlik umumiy aktivlarga ega.

Реклама на Unews

Bayden, shuningdek, Qo`shma Shtatlar Rossiyaning suveren qarzi bo`yicha keng qamrovli sanksiyalar joriy etishini e`lon qildi.

"Bu biz Rossiya hukumatini G`arb orqali moliyalashtirishdan uzib qo`yganimizni anglatadi", dedi Bayden Oq uyda qilgan chiqishida. 

"U endi G`arbdan pul yig`a olmaydi va yangi qarzlarini bizning bozorlar bilan ham, Evropa bozorlari bilan ham qoplay olmaydi",-deydi u.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring