AQSH O‘zbekistonga 1000 ga yaqin tilshunos o‘qituvchilarni yuboradi

O‘zbekistonning Vashingtondagi diplomatik vakolatxonasi rahbari Javlon Vahobov Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlarining katta vitse-prezidenti Maykl Kertis bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” nashri xabar berdi, deb yozmoqda "Qalapir.uz" nashri.

Uchrashuv davomida tomonlar tashkilotning O‘zbekistondagi ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha joriy faoliyati, mamlakatda o‘quv loyihalarini amalga oshirishning istiqbolli yo‘nalishlari, shuningdek ingliz tilini o‘qitish sifatini oshirishda Amerika Kengashlarining ishtirokini muhokama qilgan.

Vashingtondagi diplomatik vakolatxona rahbari AQSH 27 ta tilshunos mutaxassislardan iborat malakali o‘qituvchilarning birinchi guruhini O‘zbekistonga yuborganligi uchun minnatdorlik bildirdi. Ular mamlakat bo‘ylab oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida dars bermoqda.

Реклама на Unews

Amerika Kengashlari vakilining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonga yana 1000 ga yaqin qo‘shimcha o‘qituvchilar yuborilishi rejalashtirilgan.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda AQSH hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan o‘ndan ortiq ta’lim dasturlari amalga oshirilmoqda. Ular orasida “Future Leaders Exchange”, “University Partnership in Central Asia”, “English Speaking Nation”, “ESN Teacher Coaches Program”, “U.S. Central Asia Education Fund”, “US-CAEF Alumni Conference 2021”, “American Windows Uzbekistan”, “Faculty Enrichment Program”, “Young Professional Internships”, “Uzbekistan Business Leaders”, “Afghanistan University Student Exchange Program”, “Open World Leadership Center Program”, “Uzbekistan Youth Leadership Conference 2021”.

“English Speaking Nation” dasturi doirasida 2022 yil oktyabrgacha O‘zbekistonning o‘rta maktablarida 15 mingdan ziyod ingliz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish ko‘zda tutilgan.

Реклама на Unews

Muzokaralar yakuni bo‘yicha tomonlar 2021−2022 yillarda O‘zbekiston fuqarolari uchun ta’lim loyihalari sohasida grant ko‘magini oshirish, 2022 yil oxirigacha respublika hududida ta’lim yarmarkasini tashkil etish kabi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring