AQSh harbiy vertolyoti Afg`onistonda halokatga uchradi

Afg`oniston poytaxti Kobulda “Tolibon”ning "UH-60 Black Hawk" vertolyoti qulashi oqibatida uch kishi — ikki uchuvchi va bir ekipaj a`zosi halok bo`ldi, deb xabar bermoqda mamlakat Mudofaa vazirligi "Twitter"ida.

Vertolyot mashg`ulotlar vaqtida texnik nosozliklar tufayli halokatga uchragan, deyiladi bayonotda.

 

Bundan tashqari, avtohalokatda besh kishi jabrlangan.

Реклама на Unews

"Black Hawk" - bu AQSh armiyasining ko`p maqsadli vertolyoti bo`lib, harbiy va qurollarni tashishga mo`ljallangan. Vertolyotning asosiy modeli tibbiy maqsadlarda yoki jangovar missiyalar uchun o`zgartirilishi mumkin. Bortda bir vaqtning o`zida 12 dan ortiq odam tashish imkoni bor. 

Amerika qo`shinlari Afg`onistondagi missiyasida “Black Hawk”dan foydalangan, keyinchalik esa ularni Afg`oniston armiyasiga etkazib bergan. "Tolibon" Afg`onistonda 2021 yil avgustida Amerika qo`shinlari mamlakatdan chiqib ketilganidan so`ng hokimiyat tepasiga keldi. AQSh qo`shinlari "Tolibon"ni  qo`liga tushib qolmaslik uchun o`z  qurollarni yo`q qilganligi aytilgan edi ma`lumotlarda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring