AQSH, Britaniya va Avstraliya yangi harbiy alyans tuzdi

AQSH Prezidenti Jo Bayden, Avstraliya Bosh vaziri Skott Morrison va Buyuk Yuritaniya Boris Jonson xavfsizlik sohasida yangi uch tomonlama hamkorlik – AUKUS yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi. Bu haqda BBC News xabar berdi.

“Avstraliya, Buyuk Britaniya va AQSH hamkorligi – AUKUS - barcha qisqartmalar bilan g‘alati tuyulsa -da, bu yaxshi. Mamlakatlarimiz XX asrda bo‘lgani kabi, XXI asr tahdidlariga qarshi kurashish uchun umumiy qobiliyatimizni birgalikda yangilaydi va kuchaytiradi”, degan Bayden yangi alyansning taqdimotida.

AQSH Prezidentining ta’kidlashicha, bu tashabbus tezlikda o‘sib borayotgan tahdidlarga javob qaytarish va himoyalanish uchun barcha tomonlar zamonaviy imkoniyatlarga ega bo‘lishiga yo‘naltirilgan.

Реклама на Unews

O‘z navbatida, Avstraliya Bosh vaziri “dunyo, ayniqsa, Hind-Tinch okeani mintaqasi murakkablashib borayotganini” qayd etdi. Unga ko‘ra, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish kerak.

“AUKUS – texnologiyalarimiz, olimlarimiz, sanoatimiz, mudofaa kuchlarimiz pirovard natijada hammaga foyda keltiradigan yanada xavfsiz mintaqani tashkil etish uchun ishlaydigan sheriklikdir”, degan Morrison.

Yetakchilar AUKUS Hind-Tinch okeani minataqasida uch davlat manfaatlarini himoya qilishga yordam berishi va Avstraliyaga o‘z suvosti yadroviy kemalarini ishlab chiqarish imkoniyatini yaratishiga ishonmoqda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring