AQSh besh rossiyalikni sanksiyalarni chetlab o‘tganlikda ayblamoqda

AQSh prokuraturasi Rossiyaning besh fuqarosini sanksiyalar rejimini buzganlikda va boshqa bir qator jinoyatlarda aybladi.

Ular amerikalik ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan harbiy texnologiyalarni, shuningdek, Venesuela neftini Rossiyadagi xaridorlarga kontrabanda qilish uchun nemis firmasidan foydalanganlikda ayblanmoqda.

Bruklindagi federal prokurorlarga ko‘ra, Ukrainadagi jang maydonida qo‘lga olingan rus qurollari namunalarida Rossiya fuqarolari Yuriy Orexov va Svetlana Kuzurgasheva tomonidan sotib olingan ba’zi elektron komponentlar topilgan.

Реклама на Unews

 

“Ayblanuvchilar AQSh kompaniyalaridan harbiy texnologiyalar olgan, millionlab barrel Venesuela neftini kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tgan va o‘n millionlab dollarlarni yuvgan”, — deyiladi AQSh Adliya vazirligi matbuot bayonotida.

Orexov dushanba kuni Germaniyada hibsga olingan. Bu ish bo‘yicha yana bir ayblanuvchi, rossiyalik Artem Uss Italiyada hibsga olingan va AQSh hozirda uning ekstradisiyasini talab qilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring