Aprel oyida kutilayotgan ob-havo bo‘yicha ma’lumot berildi

Gidrometeorologiya markazi kirib kelayotgan aprel oyida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

O‘zbekistonda aprel oyi odatda ob-havoning beqarorligi bilan ajralib turadi. Odatda momaqaldiroq va shiddatli shamollar bilan yog‘adigan yomg‘irlar tez-tez kuzatiladi. Respublikaning shimoli, chekka janubi va cho‘l hududlarida yog‘ingarchilik oy uchun o‘rtacha 5 kundan 8 kungacha kuzatiladi, tog‘li hududlarga yaqinlashgan sari yog‘ingarchilik bo‘ladigan kunlar soni 9-13 kungacha ko‘payadi.

Odatda aprel oyida harorat foni ham beqaror bo‘ladi. Bahoriy jadal isishlar qisqa muddatga ammo sezilarli darajada sovuq bo‘lishi haroratni pasayishi bilan almashishi mumkin. O‘zbekiston aholisi, ehtimol, 2020 yil aprel oyi birinchi o‘n kunligining oxirida qor yog‘ganini va hatto qishda ham kamdan-kam hollarda bunday qor yog‘maganini eslashadi.

Реклама на Unews

Joriy yilning aprel oyi asosan quruq va iliq ob-havo bilan boshlanadi. Oyning birinchi haftasida kunduzgi harorat 17-22° dan 23-28° gacha, janubda ba’zi joylarda 30-33° gacha ko‘tariladi. Faqat 2 aprel kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida va Farg‘ona vodiysining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli momaqaldiroq yomg‘iri yog‘ishi mumkin.

Keyinchalik O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, aprel oyi harorat tartibi bo‘yicha o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 3-8° iliqdan 10-15° iliqgacha, kunduz kunlari 13-18° iliqdan 23-28° iliqgacha, respublika janubida 30-33° iliqgacha o‘zgarib turadi.

Oyning ayrim kunlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda do‘l yog‘ishi ehtimoldan holi emas.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring